29.07.2025
1 daq o'qish
1
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bitiruvchisi Yaponiyaning Wakayama universitetiga xalqaro tadqiqotchi talaba dasturiga qabul qilindi
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bitiruvchisi Jahongir Imomov Yaponiyaning Wakayama universitetidagi xalqaro tadqiqotchi talaba dasturiga grant asosida qabul qilindi.
U 2025–2026-o‘quv yili davomida Turizm menejmenti yo‘nalishida Yaponiya tajribasini o‘rganadi. Ushbu imkoniyat Jahongir Imomovga turizm sohasidagi ilmiy salohiyatini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.