2025-yil 24-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orientation Days” haftaligi doirasida universitet xotin-qizlar kengashi raisi Muhayo Abbasova 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarga universitetda xotin-qizlar faoliyatini rivojlantirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
M. Abbasova yig‘ilishda bo‘lim faoliyati bilan tanishtirib, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari” hamda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish” mavzularida ma’ruza o‘qidi. Unda yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoyada ekani alohida ta’kidlandi.
Muhayo Abbasova talabalarga ilmga chanqoqlik, odob-axloq, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida harakat qilish zarurligini uqtirdi.
Uchrashuv samimiy va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tdi, talabalar uchun motivatsiya manbaiga aylandi.