Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Swiss Education Group o‘rtasida memorandum imzolandi

21.08.2026 1 daq o'qish 97

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Swiss Education Group o‘rtasida memorandum imzolandi

2026-yil 20-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Shveytsariyaning Swiss Education Group (SEG) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, turizm va mehmondo‘stlik ta’limi sohasida ilg‘or Shveytsariya tajribasini O‘zbekistonda keng joriy etish hamda zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari asosida mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirishga qaratilgan.

Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda:

🔹 qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
🔹 talabalar uchun Foundation dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🔹 3+1 formatidagi ta’lim dasturlarini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish;
🔹 talabalar almashinuvi va akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish;
🔹 yozgi maktablar va qisqa muddatli akademik dasturlarni tashkil etish;
🔹 professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish, trening va akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish;
🔹 turizm, mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari uchun professional qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish;
🔹 ta’lim sifati va xalqaro standartlarni ta’minlash, akkreditatsiya mexanizmlari bo‘yicha tajriba almashish;
🔹 turizm va mehmondo‘stlik sohasi uchun xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.

Swiss Education Group tarkibiga Swiss Hotel Management School (SHMS), César Ritz Colleges Switzerland, HIM Business School va Culinary Arts Academy Switzerland (CAAS) kabi nufuzli ta’lim muassasalari kiradi. SEG mehmondo‘stlik, turizm, biznes va pazandachilik ta’limi yo‘nalishlarida xalqaro miqyosda faoliyat yuritib, dunyoning turli mamlakatlaridan minglab talabalarni birlashtiradi.

Memorandumni imzolash marosimida Swiss Education Group Sifatni ta’minlash bo‘yicha ijrochi direktori Tanja Florenthal ishtirok etdi. U mehmondo‘stlik ta’limi, ta’lim sifati va xalqaro akkreditatsiya sohalarida katta professional tajribaga ega.

Ta’kidlash joizki, 2026-yilgi QS World University Rankings natijalariga ko‘ra, SEG tarkibidagi ta’lim muassasalari Hospitality & Leisure Management yo‘nalishida yuqori natijalarni qayd etgan.

Mazkur memorandum “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, Shveytsariyaning ilg‘or ta’lim tajribasini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasi uchun raqobatbardosh, xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam bo‘ldi.

Kelgusida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni aniq loyihalar asosida rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik almashinuv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro manfaatli yangi tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Galereya

Ulashish: