Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchisining yangi o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi

08.09.2026 1 daq o'qish 48

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchisining yangi o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti katta o‘qituvchisi Nilufar Xalimovaning “Akademik tadqiqotlar va hisobot yozish” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fan doirasidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Qo‘llanmada akademik tadqiqotlar olib borish, ilmiy hisobot va maqolalar yozish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, tadqiqot natijalarini tizimli ravishda rasmiylashtirish tartibi hamda ilmiy ishlarni loyihalashtirish bosqichlari yoritilgan. Nashr talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan vazifalarni samarali bajarishga ko‘maklashadi.

Nilufar Xalimova “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining yetakchi o‘qituvchilaridan biri bo‘lib, turizm, madaniy meros va lingvistik tadqiqotlar sohalarida ilmiy izlanishlar olib boradi. Muallifning ilmiy qiziqishlari qatoriga gastronomik turizm, ziyorat turizmi, Samarqandda turizm uchun samarali marketing strategiyalari va chet tillarni o‘qitish metodikasi kiradi.

Yangi o‘quv qo‘llanma universitet kutubxonasi va o‘quv bo‘limi orqali talabalar foydalanishiga taqdim etiladi.

Ulashish: