28.08.2026
1 daq o'qish
169
Universitetimizda Xalqaro media festivali doirasida maxsus sessiya bo‘lib o‘tdi
27-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Islom sivilizatsiyasi: yangi ufqlar, yangi kashfiyotlar” xalqaro media festivali doirasida maxsus sessiya tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekistonning Germaniyadagi turizm elchisi, “Usbekistan Online” va “Usbekistan Galerie” asoschisi va direktori Gerhard Günter Birkl ishtirok etdi.
Muloqot davomida O’zbekistonning xalqaro miqyosdagi turizm va madaniy meros salohiyatini targ‘ib qilish, media va hikoyachilikning o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, “MEN” filmi namoyish etilib, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.