Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvda oʻquv jarayoni, magistratura dasturlarida ta’lim olish, amaliyot va ish bilan bandlik masalalari ko‘rib chiqildi

28.01.2026 1 daq o'qish 42

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvda oʻquv jarayoni, magistratura dasturlarida ta’lim olish, amaliyot va ish bilan bandlik masalalari ko‘rib chiqildi

Universitetda bitiruvchi talabalar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv bitiruvchilarning kelgusi rejalarini aniqlashtirish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida bitiruvchilarning magistratura bosqichiga hujjat topshirish tartibi, tanlov jarayonlari va ushbu yo‘nalishda berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasi, o‘quv jarayonidagi faolligi va akademik natijalari tahlil qilindi.

Alohida e’tibor o‘zlashtirilmagan fanlarni Qishki maktab orqali bartaraf etish, ushbu jarayonda talabalar faol ishtirokini ta’minlash hamda bilimlarni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Bundan tashqari, amaliyot jarayonlari, ularni tashkil etish bosqichlari, amaliyot bazalari bilan hamkorlik hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi. Amaliyotning bitiruvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi muhim ahamiyati qayd etildi.

Uchrashuv yakunida bitiruvchilarning ish bilan bandligi, mehnat bozoriga moslashuvi, bo‘sh ish o‘rinlari va ish beruvchilar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Talabalarga kelgusida kasbiy faoliyatlarini muvaffaqiyatli boshlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv bitiruvchi talabalarning kelajakdagi ta’lim va mehnat faoliyatini puxta rejalashtirishga xizmat qildi hamda ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Galereya

Ulashish: