Joriy yilning 21-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari Samarqand shahrida o‘tkazilgan global forumda ishtirok etdilar.
Mazkur forum “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Forum davomida ishtirokchilar narkotik vositalarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘llari hamda xalqaro hamkorlik va tajriba almashish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Talabalar mutaxassislar va xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Qayd etilishicha, bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda global muammolarga befarq bo‘lmaslik ruhini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.