Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi kurs talabalarimiz ish beruvchiga aylanmoqda

18.09.2026 1 daq o'qish 62

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi kurs talabalarimiz ish beruvchiga aylanmoqda

18-sentabr kuni universitetimizda bitiruvchi talabalar uchun o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda “O‘zmilliybank” AJ viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bitiruvchilarga tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, davlat dasturlari va zamonaviy bank xizmatlari, shuningdek, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, biznes loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Galereya

Ulashish: