2026-yil 16-iyun kuni universitetda “Yozma og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi hamda Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamkorligida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashishdi. Anjumanda globallashuv jarayonlari ta’sirida yoshlar ma’naviyatida yuz berayotgan o‘zgarishlarni ilmiy asosda tahlil qilish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni rivojlantirish yo‘llari muhokama etildi. Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati masalalari bo‘yicha muhim tushuntirishlar berildi va savol-javoblar tashkil etildi.