“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi magistrantlari Murodullayeva Guljaxon A’zamjon qizi va Oromjonova Shahrizoda Oromjon qizi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, qisqa muddatli akademik ta’lim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Ushbu tashrif 2026-yilda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Beijing International Studies University o‘rtasida tuzilgan “Talaba almashinuvi” dasturi doirasidagi hamkorlik memorandumi asosida amalga oshirildi. Talabalar 2026-yil 23-maydan 6-iyunga qadar Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida o‘qish va malaka oshirish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladilar. Mazkur dastur talabalarning xalqaro ta’lim muhitida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganish, madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini mustahkamlash hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi ilg‘or amaliyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi.