9-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yetakchi mutaxassis Z.Ahrorov, universitet psixologi D.Turdiyeva, tyutorlar S.Abbasova va G.Mirzaqobilova Talabalar turar-joyiga tashrif buyurishdi. Universitet tarbiyachisi G.Quldosheva TTJdagi ijobiy holat haqida gapirib o‘tdi. O‘z navbatida, Z.Ahrorov qish mavsumida gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi borasida tushuntirish ishlarini olib bordi. Psixolog D.Turdiyeva esa talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ruhiy bosim va zo‘ravonlik haqida batafsil ma’lumot berib, ularga yanada o‘z maqsadlari sari olg‘a borishlari uchun tavsiya va ulkan motivatsiya berdi. Tadbir so‘nggida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” chellendji o‘tkazildi. Bu kabi samarali tashriflar davom etadi.