Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyati yoshlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus, taklif va g‘oyalar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish, ta’lim sifati, ilm-fan, innovatsiyalar, raqamlashtirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, oliy ta’lim talabalari uchun:
Yozgi oromgohlarni tashkil etish;
Yashil energetika obyektlarini yagona platformaga birlashtirish;
Iqtidorli yoshlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olishini qo‘llab-quvvatlash;
Eng yaxshi xorijiy tildagi kontent yaratish kabi Intelektual loyihalar tanlovlarini yo‘lga qo‘yish;
Elektron kitoblarni yagona platformaga umumiylashtirgan Sun’iy intellekt dasturini yaratish;
“Book cafe” va "Mutolaa" loyihalarini rovojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning dolzarb taklif va ehtiyojlarini o‘rganish hamda istiqbolli g‘oyalarni ta’lim tizimiga keng joriy etishga xizmat qildi.