2025-yil 22-oktabr kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida mini-futbol musobaqalariga start berildi.
Bellashuvlar davomida talabalarning jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alaba uchun intilishi yorqin namoyon bo‘ldi. Ushbu musobaqalar orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, sport orqali do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.