Samarqand viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarning demografik tarkibini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ularning sezilarli ulushini Markaziy Osiyo davlatlari — xususan, Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'iston fuqarolari tashkil etadi. Mazkur holatni inobatga olgan holda, Samarqand tumani hududida joylashgan diqqatga sazovor joylar, tarixiy-madaniy yodgorliklar hamda arxeologik obidalarga bag'ishlangan axborot-targ'ibot bukletlari to'rt tilda — o'zbek, qirg'iz, tojik va qozoq tillarida — ishlab chiqildi.