Mustaqillik bayrami kunlarida ma’naviyat chashmasiga sayohat
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarini nafaqat zavqli, balki yuksak ma’naviyat va tafakkur bilan o‘tkazish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari buyuk ajdodlarimiz ruhiyatini o‘zida mujassam etgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif O‘zbekistonning boy tarixi, qadimiy islom madaniyati va umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur his qilish, shuningdek, mustaqil davlatimizning ma’naviy taraqqiyotidagi yorqin sahifalar bilan yanada yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.
Markazning ulug‘vor binosi, undagi noyob eksponatlar, qo‘lyozmalar, ilmiy asarlar va madaniy meros namunalari universitet professor-o‘qituvchilarini va xodimlarini o‘ziga rom etdi. Professor-o‘qituvchilar va xodimlar Islom sivilizatsiyasining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni, ilm-fan, adabiyot va san’atning rivojlanishiga oid mavzularda atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishdi, shuningdek, Markazdagi zamonaviy ko‘rgazmalar va multimedia vositalari orqali tarixiy jarayonlarning badiiy talqinini kuzatishdi.