29.08.2026
1 daq o'qish
111
“MUSTAQILLIK KUBOGI”
2026-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida suzish sport turi bo‘yicha “MUSTAQILLIK KUBOGI” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport musobaqasi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda o‘zaro do‘stlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.