Bugun universitetimizda Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar va maʼnaviyat sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirda milliy qadriyatlarimizning ahamiyati, ularning jamiyat va millat taraqqiyotidagi oʻrni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Milliy anʼanalarimiz, urf-odatlarimiz, tilimiz va madaniyatimizning asosi sifatida qadriyatlarning mustahkamlanishi yurtimizning maʼnaviy barkamolligi va birligini taʼminlashda muhim omil ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir davomida talabalarning milliy ruhdagi ijodiy chiqishlari, sheʼrlar oʻqildi, milliy musiqalar tinglandi.