“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida fransuz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam tashlandi. Universitet dotsenti v.b., PhD D.B. Mirboboyeva tomonidan bakalavriatning ikki yo‘nalishi – 60220400-Arxeologiya hamda 61010500-Gidlik va tarjimonlik faoliyati yo‘nalishlarida tahsil olayotgan II-III kurs kunduzgi ta’lim talabalari uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.
Nashrlar quyidagi nomlardan iborat:
Guide méthodologique (français) 2ème année
Guide méthodologique (français) 3ème année
Mazkur qo‘llanmalar fransuz tilini kasbiy yo‘nalishda o‘zlashtirish, talabalarning til bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, arxeologiya, gidlik va tarjimonlik faoliyati sohalarida xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yangi nashrlar universitet o‘quv jarayoniga joriy etilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.