“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va monografiya nashr etildi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm sohasida ta'lim sifatini oshirish hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi.
Universitetning dotsent vazifasini bajaruvchi, PhD M.Z. Amiriddinova tomonidan 71010100 – “Turizm va mehmondo‘stlik” magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan kunduzgi ta'lim talabalari uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda ilmiy monografiya nashrdan chiqdi.
Nashrlar quyidagilardan iborat:
Strategic Planning and Sustainable Development of Tourism Destinations (Methodological Guide)
Human Resource Capacity and Leadership System in the Hospitality Industry (Methodological Manual)
Turizm sohasini rivojlantirishda umumiy ovqatlanish korxonalari resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish (Monografiya)
Mazkur nashrlar magistratura talabalari uchun zamonaviy o‘quv-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ularda turizm destinatsiyalarini strategik rejalashtirish va barqaror rivojlantirish, mehmondo‘stlik industriyasida inson resurslarini boshqarish va yetakchilik tizimi, shuningdek, turizm sohasida umumiy ovqatlanish korxonalari resurslaridan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.
Qo‘llanmalar talabalarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, turizm va mehmondo‘stlik sohalarida boshqaruv, kommunikatsiya, inson kapitalini rivojlantirish hamda destinatsiyalarni samarali boshqarish bo‘yicha kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi nashrlar universitet o‘quv jarayoniga joriy etilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va soha mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.