Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

“Toza qo‘llar” va gigiyena madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-sentabrdagi 02/15-1/2-12-sonli topshiriq xati va 2025-yil 22-sentabrdagi 370-sonli buyrug‘i hamda ushbu hujjatlar asosida universitet rektorining 2025-yil 23-sentabrdagi 204-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talaba-yoshlar uchun “Toza qo‘llar – sog‘lom hayot garovi” mavzusida 6-oktabr kuni davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda talabalar gigiyena madaniyatini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish kabi muhim mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Davra suhbatida gigiyenaga amal qilish nafaqat shaxsiy salomatlikni saqlash, balki jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Tadbir doirasida talabalarga “Toza qo‘llar” dasturining mazmun-mohiyati, uning “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlardagi o‘rni haqida ham tushunchalar berildi. Universitetda yil davomida ushbu yo‘nalishda muntazam ravishda turli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.


image
image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv