Ushbu sana BMT tomonidan joriy etilgan bo‘lib, qizlar duch kelayotgan ijtimoiy muammolar va tengsizliklarga dunyo hamjamiyatining e’tiborini qaratish maqsadida belgilangan.
Jamiyatda ayollarning o‘rni ortib borayotganini inobatga olib, har birimiz bolalikdan boshlab qizlarning ta’lim olishi, salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi, va eng muhimi – ularda o‘z qadr-qimmatini hurmat qilishni shakllantirishimiz zarur.
Mening aziz qizlarim!
Sizlarni ushbu kun bilan tabriklaymiz.
Doimo yodingizda tuting: huquq va manfaatlaringizni ta’minlash, ta’lim olishingiz, hamda kasbiy rivojlanishingiz – bu davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.
Men sizlarning bilim va salohiyatingizni doimiy ravishda oshirib, o‘z ustingizda ishlashdan aslo charchamasligingizni istayman.
Oldingizda turgan to‘siqlarni yengishga, yuqori marralarni egallashga intiling, va bu yo‘lda uchraydigan qiyinchiliklardan qo‘rqmang.
Davlatimiz har doim sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Cheksiz mehr bilan,
Universitet Xotin-qizlar Kengashi