"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasida "Turizm va mehmondo’stlik" fanidan olimpiada o'tkazildi. Tadbirda turli kurslarda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etib, o'z bilimlari, savodxonligi va tanlagan kasbiga bo'lgan mehrlarini namoyish etdilar. Olimpiada do‘stona va qiziqarli muhitda o‘tdi, eng yaxshi ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Olimpiada natijalariga ko'ra sovrinli o'rinlar quyidagicha taqsimlandi:
🥇 1-o‘rin — Yorbekova Hilol, TH-424
🥈 2-o‘rin — Fayziyeva Marjona, TH-424
🥉 3-o‘rin — Muhammadiyev Aliyor, TH-324
G‘oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Sizlarga kelgusidagi faoliyatingizda omad, yangi yutuqlar va yorqin g‘alabalarni tilab qolamiz!