Mazkur ma’ruza "Jahon savdo tashkiloti haqida qisqacha" mavzusiga bag‘ishlanib, JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, muzokaralar bosqichlari hamda O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi strategik yondashuvlari yuzasidan dolzarb masalalarni yoritib berdi.
Tadbir Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov moderatorligida tashkil etildi. Ma’ruza davomida tinglovchilar JST bilan hamkorlikning afzalliklari, milliy iqtisodiyotga ta’siri va O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimidagi o‘rni borasida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishdi, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ushbu akademik uchrashuv talabalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar va global savdo tizimi haqidagi bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.