UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

2026-yil 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan “Talabalar ligasi” hamda “Giyohvandlik va narkotik vositalarga qarshi” shiori ostida sport-sog‘lomlashtirish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

20.02.2026 1 daq o'qish 1

Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuv yuksak qiziqish va bahslarga boy bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi shaxmat musobaqasi natijalariga ko‘ra:

I-o‘rin – Amonova Nigora (ECN-125 guruh talabasi);

II-o‘rin – Karimova Muslima (TH-224 guruh talabasi);

III-o‘rin – Egamqulova Madina (TTCH-225 guruh talabasi).

Yigitlar o‘rtasidagi shaxmat musobaqasida esa g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:

I-o‘rin – Turdimurodov Islombek (TTE-225 guruh talabasi);

II-o‘rin – Davlatov Ozodbek (TCH-225 guruh talabasi);

III-o‘rin – Abdusalimov Nurbek (TTE-225 guruh talabasi).

Ulashish: