Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi

27.02.2026 1 daq o'qish 38

2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi

Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori Professor, Me'morchilik fanlari doktori DSc. Mavlyuda Aminjanovna Yusupova ishtirok etib, “An’anaviy islom me’morchiligining go‘zalligi” mavzusida ma’ruza qildi.

Simpozium turli sivilizatsiyalarning madaniy falsafasi va dunyoqarashini aks ettiruvchi an’anaviy me’morchilikdagi go‘zallikni anglash masalasiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar sharq va g‘arb arxitektura estetikasi o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va badiiy xususiyatlar bilan bog‘liq farqlarni muhokama qildilar.

Ma’ruzalarda Xitoy arxitekturasidagi “Osmon va inson uyg‘unligi” konsepsiyasi, Yevropa an’anasidagi oltin kesim tamoyillari hamda Yaqin Sharq va islom me’morchiligining geometrik uslubi kabi yondashuvlar ko‘rib chiqildi.

Galereya

Ulashish: