“Ipak yo’li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitеti Yoshlar Akademiyasi lideri Zuxro Baxromkulova ham ushbu tadbrida ishtirok etdi.Tashrif davomida liderlar Turin politexnika universiteti sharoitlari, talabalarning ijodiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishishdi. O'tgan yilda amalga oshirilgan loyihalar bo'yicha hisobot hamda yangi takliflar berildi.Inno Texnoparkda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan uchrashuvdan keyin akademiyaga yangi a'zo qilingan liderlarga Yoshlar Akademiyasi guvohnomasi va esdalik sovg'alari topshirildi.