Ma'rifat darsi davomida talabalarga Navro‘z bayramining kelib chiqish tarixi, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Navro‘zning do‘stlik, hamjihatlik, mehr-oqibat va yangilanish timsoli ekani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ma’rifat darsida so‘zga universitet dekani N. Xushvaqtov chiqib, Navro‘z bayramining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni, qadimiy an’analari hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U talabalarga milliy qadriyatlarni hurmat qilish, ularni kelajak avlodga yetkazish har bir yoshning muhim vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.