"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari 4-may dam olish kuni viloyat hokimligining 2025-yil davomida mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun mamlakat bo‘ylab ichki turizm imkoniyatlari bilan tanishish maqsadidagi jadvali asosida Urgut tumanining “Tersak” turizm qishlog‘i va uning atrofidagi tog‘ oldi hududlariga sayohati tashkil qilindi.
Universitet tomonidan tashkillashtirilgan sayohatning dastlabki manzili turizm qishlog‘idagi uy mehmonxonalar bilan yaqindan tanishildi va ko‘proq turistlarni jalb qilish maqsadida uy egalariga tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng Tersak qishlog‘i tog‘laridagi manzarali va so‘lim joylariga sayohat qilindi. Haftaning shanba va yakshanba kunlari universitet jamoasining Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi tarixiy joylarga sayohatlari doimiy ravishda tashkil qilinib kelinayapti.