UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Bugun 15-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Pamukkale universiteti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ipak yo‘li va Turk dunyosi: madaniyatlar almashinuvida til, adabiyot, tarjima va gastronomik turizm integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

15.05.2025 1 daq o'qish 1

Xalqaro anjumanning ochilishida “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori  A.ABDUHAKIMOV,  Pamukkale universiteti rektori M.GÜNGÖR va boshqalar so‘z olib, ushbu ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan maqsad,  madaniyatlar almashinuvida til, adabiyot, tarjima va gastronomik turizm integratsiyasining ahamiyatiga to‘xtalishdi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Ushbu Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Pamukkale universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda va bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan madaniyatlar almashinuvida muhim ahamiyat kasb etyapti.  Anjumanda xalqaro konferensiya mavzusi yuzasidan turkolog olimlar, har ikkala universitetlar professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar qilishdi. Anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ulashish: