29.05.2025
1 daq o'qish
1
2025-yil 27–29-may kunlari Sochi shahridagi Roza Xutor tog‘ chang‘i kurortida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Turizm bo‘yicha Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MDHga a’zo mamlakatlarning tegishli vazirlik va qo‘mita rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.
Kengash dasturi doirasida “MDHga a’zo davlatlarning turizm sohasi bo‘yicha bazaviy tashkiloti – Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati” mavzusi muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan universitetning Turizm kafedrasi dotsenti F. Zoxidov ma’ruza qildi.
Yig‘ilish davomida MDH mamlakatlari bilan ilmiy va ta’limiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbollari muhokama qilinib, bazaviy tashkilot sifatida universitet zimmasiga yuklatilgan vazifalar va 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.