Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 2025-yil 6-sentabr kuni “InnoWeek.Uz-2025” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida viloyat oliy ta’lim muassasalari ishtirokida ilmiy ishlanmalar, startap loyihalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o’z ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etdi.