10.09.2025
1 daq o'qish
1
2025-yil 9-sentabrda Yaponiyaning JICA Xalqaro Hamkorlik Agentligi eksperti Asami Kinoshita hamda turizm qishloqlari yo'nalishida tadqiqot olib borayotgan yaponiyalik professor Shuji Koiso “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
ashrif davomida tadqiqotchi olimlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Samarqand Turizm akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va universitet professor-o'qituvchilari va yaponiyalik olimlar o'rtasidagi akademik tadqiqot aloqalarini mustahkamlash hamda shu bilan birga universitet talabalariga xorijlik professorlar tomonidan onlayn ma'ruzalarni tashkil etish kabi muhim yo'nalishlarda suhbat olib borildi.