22.09.2025
1 daq o'qish
1
2025-yil 22-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm va iqtisodiyot yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun an’anaviy “ORIENTATION DAYS” tadbirlari doirasida talabalarning yangi o‘quv maskani bilan yaqindan tanishish maqsadida kampus tur tashkil etildi.
Ushbu tur davomida talabalar universitet binolari, o‘quv auditoriyalari, kutubxona, innovatsion markaz, sport majmuasi va talabalar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga xalqaro standartlarga mos ravishda jihozlangan o‘quv xonalari va xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan dars olib borish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Kampus tur talabalarda katta taassurot uyg‘otib, ularni yangi bilimlar sari ilhomlantirdi hamda universitet hayotiga tezroq moslashishlariga yordam berdi.