UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

2025-yilning 26-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-iyundagi 228-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda sentabr oyi “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” deb e’lon qilindi. Ushbu oylik doirasida Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan universitet talabalari uchun seminar tashkil etildi.

26.09.2025 1 daq o'qish 1

“Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi”- bu talabalarning ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni asrashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda yashil tafakkurni shakllantirishga qaratilgan muhim tadbirlar majmuasidir. Shuni inobatga olib, tadbirda talabalarga ekologik madaniyat, ekologik volontyorlik faoliyatlari, ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion hamda startap loyihalar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shu bilan bir qatorda, yig‘ilganlar bilan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan yangi texnologiyalar, “yashil energiya” manbalari, chiqindilarni qayta ishlash usullari va resurslarni tejashga xizmat qiluvchi g‘oyalar, ishlab chiqarish korxonalarida ekologik samarali texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari mavzularida o‘zaro fikr almashildi.

Ulashish: