2026-yil 6-may kuni “Sport kuni” doirasida Badminton va stol tennisi sport turlaridan qizg‘in musobaqalar tashkil etildi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahoratlarini namoyish qildilar. Musobaqalar yuqori saviyada, halol kurash va o‘rtoqlik muhitida o‘tdi. Universitetimiz talabalari nafaqat ishtirok etish, balki yuksak natijalarga erishish orqali sportga bo‘lgan muhabbatlarini yana bir bor isbotladilar. Ushbu sport tadbiri talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni kuchaytirish va sport turlariga qiziqishni oshirishga xizmat qildi. “Ipak yo‘li” universiteti jamoasi keyingi musobaqalarda ham faollik ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.