Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Bitiruvchi yoshlarga xorijda ishlash imkoniyatlari taqdim etildi 2025-yil 13-sentabrdagi viloyat hokimligining “Viloyat miqyosida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha” 02-02/726-sonli chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, joriy yilning 26-sentabr kuni Samarqand shahrida yirik mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

26.09.2025 1 daq o'qish 56

Mazkur tadbir Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi binosi oldida o‘tkazilib, tadbir asosan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar, xususan, universitetning bitiruvchi bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan edi. Yarmarkada Migratsiya agentligi Samarqand viloyat hududiy filiali hamda bir qator yetakchi xususiy bandlik agentliklari faol ishtirok etdi. Ular qatorida ko‘plab xorijlik agentliklar va tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari, xorijiy ish beruvchilarning talab va ehtiyojlari va huquqiy kafolatlar haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etdilar. Tadbir davomida bitiruvchi talabalar xorijda ishlashga oid rezyume va arizalarni to‘ldirish, o‘z malakasini namoyish etish hamda agentliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa ularga o‘z kelajagini xorijda mehnat faoliyati orqali qurish uchun real imkoniyat yaratdi.

Galereya

Ulashish: