Ma’rifat darsini Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i N. Abduvaxidova va universitet dekani N. Xushvaqtovlar olib bordi. Ular o‘z nutqida yoshlarni doimo ezgu amallar qilishga, atrofdagilarga mehr-muruvvat ko‘rsatishga va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi. Mazkur tadbir davomida yoshlarga insoniylik, ezgulik va jamiyat hayotida yaxshilikning o‘rni haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, hayotda har bir kichik yaxshilik katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.