2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son hamda “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-269-son qarorlari ijrosi hamda turizm mavsumiga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq “Tarix va madaniy meros” kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumani hokimi o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i J. Sattorov bilan uchrashib, sentyabr oyida tumandagi turistik obyektlarda faoliyat yurituvchi xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan reja asosida treninglar tashkil etishni muhokama qildi.
Shuningdek, hokim o‘rinbosari tumandagi Ilmobod mahallasidagi va Bog‘izag‘on turizm qishloqlarining rekonstruksiya ishlari hamda rejalashtirilayotgan Navbahor turistik qishlog‘i haqida batafsil ma’lumot berdi