Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalarimiz mehmonxona boshqaruvi sirlarini o‘rgandi

02.03.2026 1 daq o'qish 39

Talabalarimiz mehmonxona boshqaruvi sirlarini o‘rgandi

Universitetimiz “Turizm” yo‘nalishi bakalavr bosqichi TH-425 guruhi talabalari, “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi D. Mardonova rahbarligida, Samarqand shahrida joylashgan 3 yulduzli Amar Hotel mehmonxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, mehmonxona boshqaruvi, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda front office faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi. Amar Hotel asosan mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi va zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan maskan hisoblanadi.

Tashrif davomida talabalar mehmonxona infratuzilmasi, xizmat turlari va operatsion boshqaruv tizimi bilan atroflicha tanishdilar. Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarni yetuk mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Galereya

Ulashish: