Madaniy meros ob’ektlarini asrash yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan CH-122 guruh talabalari o‘zlarining bosqich topshirig‘i doirasida yuksak ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Ipak yo‘li virtual muzeyi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. Ushbu loyiha universitetimizning “Tarix va madaniy meros” kafedrasi professori M.Xidirov rahbarligida olib borilib, talabalar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlashdi, balki buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyasi tarixini zamonaviy raqamli formatda talqin etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur tashabbus yoshlarimizning ijodkorligi, tarixiy merosga bo‘lgan e’tibori hamda innovatsion tafakkurining yorqin namunasi bo‘lib, kelajak avlod uchun bebaho manaviy boylikni yangi ko‘rinishda namoyish etishga xizmat qiladi.