UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalarimiz Shahrisabzdagi turizm va madaniy meros maskanlari bilan yaqindan tanishdi

17.11.2025 1 daq o'qish 1

Talabalarimiz Shahrisabzdagi turizm va madaniy meros maskanlari bilan yaqindan tanishdi

Universitet talabalarining navbatdagi ma’rifiy sayohati qadimiy va betakror go‘zalliklari bilan mashhur Shahrisabz shahriga uyushtirildi. Unda nafaqat mahalliy, balki turli davlatlardan kelgan xorijiy talabalar ham ishtirok etib, O‘zbekistonning tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Sayohat davomida talabalar Shahrisabzning ko‘hna tarixi, rang-barang madaniyati va o‘ziga xos me’moriy obidalaridan chuqur taassurot olishdi. Safarning eng yorqin lahzalaridan biri ulug‘ sarkarda Amir Temur tomonidan barpo etilgan Oqsaroy majmuasini ziyorat qilish bo‘ldi. Bu yerda talabalar Oqsaroyning tarixiy ahamiyati, noyob me’moriy uslubi va uning bunyod etilish jarayonlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ulashish: