UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalarimiz siyosatshunoslar bilan tashkil qilingan ochiq muloqotda ishtirok etishdi

17.11.2025 1 daq o'qish 1

Talabalarimiz siyosatshunoslar bilan tashkil qilingan ochiq muloqotda ishtirok etishdi

16-noyabr kuni Samarqand shahrida siyosatshunoslar H.Sodiq, F.Madiyev, B.Berdiyev hamda gidrometeorolog H.Mag‘ripov ishtirokida “O‘zbekiston qanday yo‘l tutmoqda?” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqotda mamlakatning siyosiy yo‘nalishlari, jamoatchilik faolligi va iqlim o‘zgarishlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan turli mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv davomida mahalliy yoshlar bilan birga bir guruh universitetimiz talabalari ekspertlar bilan muloqot olib borishdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan javoblar olishdi.

Ulashish: