Universitetimizning Mar 225-guruhi talabalari SAG kompaniyasiga amalga oshirilgan o‘quv-amaliy tashrif jarayonida talabalar korxonaning ichki tuzilishi, ishlab chiqarish texnologiyalari hamda zamonaviy marketing yondashuvlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tashrif davomida ularga kompaniya faoliyati, mahsulot sifati, bozor talabi va raqobat strategiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar gilam ishlab chiqarish jarayonini bevosita kuzatib, xom ashyo tanlashdan tortib yakuniy mahsulotni qadoqlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlar bilan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik uskunalar, sifat nazorati tizimi hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun muhim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdi.