“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Lanchjou universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi. Universitet rahbariyati mehmonlarni iliq kutib oldi. Tashrifning asosiy maqsadi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.
Dastlab, mehmonlarga universitet faoliyati, ilmiy va ta’lim sohasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik istiqbollari yuzasidan samarali muzokaralar o‘tkazdilar. Akademik almashinuv dasturlari ikki muassasa uchun katta qiziqish uyg‘otgan muhim yo‘nalish ekani alohida ta’kidlandi.
Mazkur tashrif ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash va global hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.