Bugun, 8-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ommaviy sport tadbiri — "Talaba yugur" marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu sport tadbirida 5000 nafarga yaqin ishtirokchilar 3 kilometr masofani bosib o‘tib, jismoniy faollik va birdamlik namunalarini namoyon etishdi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ekologik ongni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratildi.
Yugurish yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan talabalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.