UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz talabasi xalqaro talabalar konferensiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

15.05.2026 1 daq o'qish 1

Universitetimiz talabasi xalqaro talabalar konferensiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili yo‘nalishi 2-bosqich TTE-124 guruhi talabasi Komila Ergasheva xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy anjumanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

K. Ergasheva Qirg‘iziston Respublikasi Fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi hamda Jusup Balasagin nomidagi Qirg‘iz milliy universiteti tomonidan Birinchi Turkologiya Qurultoyi (1926)ning 100 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Asrlarga tatigulik milliy ruh: ilk ziyolilar” mavzusidagi xalqaro talabalar konferensiyasida o‘z ilmiy tadqiqoti bilan qatnashdi.

Nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan olib borilgan baholash natijalariga ko‘ra, Komila Ergashevaning ilmiy ishlanmasi eng yuqori natijani qayd etib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Komilaning ushbu yutuqni qo‘lga kiritishida ilmiy rahbari PhD, dots. v.b. Taxmina Akramovaning fidokorona mehnati, ilmiy yo‘naltiruvi va doimiy motivatsiyasi alohida ahamiyat kasb etdi. Talabaning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish, tadqiqot ishining mazmunan boy va mukammal bo‘lishida ustozning tajribasi hamda qo‘llab-quvvatlovi muhim omil bo‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyat universitetda ilm-fan va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan samarali ishlarning yana bir yorqin natijasi hisoblanadi.

Ulashish: