UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz talabalari nufuzli "Techstars Start-up Weekend Samarkand" musobaqasida g‘olib bo‘lishdi!

21.05.2026 1 daq o'qish 1

Universitetimiz talabalari nufuzli "Techstars Start-up Weekend Samarkand" musobaqasida g‘olib bo‘lishdi!

2026-yil 15–17-may kunlari bo‘lib o‘tgan ideathonda universitetimizning 3-bosqich talabasi Samiyeva Muxlisa hamda 2-bosqich talabalari Karimova Muslima va Sapura Siddikova muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

100 nafardan ortiq ishtirokchi va 23 ta startup loyihalari orasida talabalarimiz HoReCa sohasida oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan food-sharing platformasi g‘oyasi bilan yuqori natijaga erishdilar.

Talabalarimizning innovatsion fikrlashi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va tadbirkorlik ruhini ko‘rib, ular bilan faxrlanamiz. Ushbu yutuq yoshlarimizning startup ekotizimidagi ulkan salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Talabalarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz va ularning yana ko‘plab yutuqlariga guvoh bo‘lishga umid qilamiz!

Ulashish: