Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti boshlang‘ich kasaba uyushmasi jamoasi ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda “yashil” tashabbuslarni keng targ‘ib etish borasidagi faol ishtiroki uchun munosib e’tirof etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tanlov yakunlariga ko‘ra, universitetimiz boshlang‘ich kasaba uyushmasi “Ekologik faol kasaba uyushma jamoasi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi va III darajali diplom bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot universitet jamoasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni asrash, energiya va resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning e’tirofi hisoblanadi.
Universitet jamoasi kelgusida ham ekologik barqarorlikni ta’minlash, “Yashil makon” va boshqa ekologik loyihalarda faol ishtirok etish hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.
Universitetimiz jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!