“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida joylashgan Zhongguancun Exhibition Centerga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar Xitoyning zamonaviy ilm-fan, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sohasidagi yutuqlari, raqamli yechimlar hamda istiqbolli startap loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markazdagi innovatsion ishlanmalar va texnologik rivojlanish tajribasi talabalar uchun katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur tashrif talabalarning zamonaviy texnologiyalar haqidagi bilimlarini boyitish, xalqaro tajribani o‘rganish va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.