Milliy hunarmandchilik — xalqimiz faxri, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan go‘zal an’ana hisoblanadi. Azaldan o‘zbek xalqi o‘zining chiroyli va noyob qo‘l mehnati mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan. Har bir xonadonda bu hunarga qiziqish, mehr va ehtiyotkorlik bilan munosabat mavjud.
Bugun ham bu an’analar izchil davom etmoqda. 1-bosqich talabalari Botirova Oltinoy rahbarligida “Duppini bezash” mashg‘ulotini o‘tkazdilar. Qizlarimiz o‘z qo‘llari bilan do‘ppilarni bezab, turli usullarda ishlashni o‘rgandilar. Ular bir-birlari bilan fikr almashib, milliy hunarlarimiz haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazdilar.
Ushbu mashg‘ulot orqali talabalar nafaqat yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, balki milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan muhabbatlarini ham yanada oshirdilar.